Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon tergov doirasida hibsga olindi. Bu haqda Yonhap news agentligi xabar berdi.
Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon 8-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etishda ishtirok etgani uchun hibsga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq vazir o‘z ixtiyori bilan Seulning markaziy tuman prokuraturasiga kelgan. So‘roqdan so‘ng sobiq vazir qamoqqa olingan va uning qo‘l telefoni olib qo‘yilgan.
Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatda harbiy holat joriy etilgani sababli qo‘zg‘olon va hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq ikkita jinoyat ishini tergov qilmoqda. Prezident Yun Sok Yol qo‘zg‘olonda gumon qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Kim Yon Xyon joriy yilning 4-dekabr, chorshanba kuni mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun xalqdan uzr so‘ragani haqida xabar bergan edi.