Noyabr oyida geymerlar mobil o‘yinlarga $6,5 milliard sarfladi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p mablag‘ ichki o‘yin xaridlariga sarflangan
Foto: Unsplash

2024-yilning noyabr oyida geymerlar tomonidan mobil o‘yinlar uchun $6,5 milliard sarflandi. Bu haqda Sensor Tower tahliliy kompaniyasi ma’lum qildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar oktabr oyi bilan solishtirganda, 0,05 foizga kamaygan. Eng ko‘pi ichki o‘yin xaridlariga sarflangan, mablag‘lar AQSh geymerlari tomonidan amalga oshirilgan $2,1 milliard miqdorida sarflangan.

Bundan tashqari, noyabr oyida mobil platformalarga eng ko‘p Free Fire o‘yini yuklangan.

Ikkichi o‘rinda esa Pokemon TCG Pocket kartochka o‘yini joylashgan bo‘lib, Mini Games: Calm & Relax mini-o‘yinlar to‘plami uchinchi o‘rindan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan PUBG Mobile o‘yinida o‘zbek tili paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek