OpenAI rahbari kontent mualliflariga sun’iy intellektni o‘rgatish uchun to‘lov qiladi
OpenAI bosh direktori Sem Altmanning sun’iy intellektni o‘rgatish uchun kontent taqdim etayotgan insonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.
«Yangi iqtisodiy modellari topishimiz zarur, unda kontent yaratuvchilar yangi daromad manbalarini topishi mumkin», – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, ChatGPT sun’iy intellekti bilan ishlovchi chatbotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan OpenAI mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblangan edi.
Altman – bu sohadan birinchi vakil emas, ularning fikriga ko‘ra, kontent yaratuvchilarga sun’iy intellektni o‘rgatish uchun ishlatilgan asarlari uchun moliyaviy yordam berish kerak.
Masalan, ProRata deb nomlangan startap kompaniyasi, kontent yaratuvchilarga kompaniyaning daromadidan foiz to‘lash tizimini ishlab chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Nvidia kompaniyasi musiqa va tovushlar yaratish uchun sun’iy intellekt modelini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.