Sezilgan inflyatsiya 14,1 foizga yetdi: aholi narxlar oshishini qay darajada baholamoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Pensionerlar inflyatsiyadan eng ko‘p jabrlanmoqda
Foto: Depositphotos

Joriy yil noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,1 foizni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2023-yil avgustdan beri qayd etilgan yangi maksimal ko‘rsatkichdir.

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining 42 foizi benzin va yoqilg‘i, 39 foizi elektr va tabiiy gazning narxlari yuqori o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatgan.

Shuningdek, o‘simlik yog‘i, meva-sabzavotlar, kiyim va poyabzal, yo‘l haqqi va tashish xizmatlari va tuxum narxlari yuqori darajada oshganini ko‘rsatganlar ortgan.

«Aholi guruhlari orasida pensionerlar inflyatsiyadan eng ko‘p jabrlanmoqda. Ular 16 foiz inflyatsiya sezishgan», – deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Bundan tashqari, aholi qatlami orasida 15 million so‘mdan ko‘p daromad oluvchilar sezgan inflyatsiya 3,9 foizga ortib 17,8 foizga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda yil davomida propan narxi 52,1 foizga, metan esa 35,8 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek