Yangiliklar

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad Rossiyaga keldi

Rossiya unga boshpana taqdim etdi
Foto: ifeelstock / www.depositphotos.com

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga keldi va Rossiya ularga gumanitar sabablarga ko‘ra boshpana berdi. Bu haqda TASS agentligiga Kreml vakili ma’lum qildi.

«Asad oila a’zolari bilan Moskvaga yetib keldi. Rossiya gumanitar tamoyillarni inobatga olgan holda ularga boshpana taqdim etdi», – deydi manba.

Rossiya Suriyadagi vaziyatni BMT yordamida muzokaralar orqali hal qilishni zarur deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, qurollangan Suriya muxolifati yetakchilari Rossiyaning Suriya hududidagi harbiy bazalari va diplomatik vakolatxonalari xavfsizligini kafolatlagan.

Avvalroq OAVda Asadning samolyoti radarlardan yo‘qolgani sababli halok bo‘lishi mumkinligi haqidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalgan edi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.