Work and Travel dasturi bo‘yicha safarlar uchun kredit ajratiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi
Foto: vadimphoto1@gmail.com/Depositphotos

Yosh o‘zbekistonliklarga Work and Travel dasturi bo‘yicha Yevropa davlatlariga safar qilmoqchi bo‘lganlarga, safar xarajatlarini qoplash uchun kredit ajratish rejalashtirilgan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

2025-yildan boshlab ushbu maqsadlar uchun kreditlar Yoshlar masalalari agentligi tomonidan taqdim etiladi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholini ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari Tashqi ishlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va boshqa davlatlar bilan viza tartibni yengillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rishni topshirdi.

Shuningdek, respublikada mustaqil kasb o‘rgangan o‘zbekistonliklar uchun xalqaro sertifikatlar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun hududlarda beshta kasbiy mahoratni baholash markazlari ochiladi.

Quruvchilarni tayyorlash bo‘yicha 13 ta markaz dasturi mehnat bozoriga moslashtiriladi. Raqamli tizimni joriy etish orqali yiliga 20 ming mutaxassis tayyorlash imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda maktablar va kasb-hunar o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qitish kuchaytiriladi. Shuningdek, texnikumlarga xorijliklarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganda rus tili markazi ochilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek