Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga xorijga chiqish taqiqi qoʻyildi

eʼlon qilindi
Mamlakat Adliya vazirligi taqiq qo‘ydi
Foto: Kim Hong-Ji / Reuters

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga mamlakatdan tashqariga chiqish taqiqlandi. Bu haqda dushanba kuni boʻlib oʻtgan parlament eshituvida mamlakat Adliya vazirligi vakili ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Janubiy Koreyaning «Yonhap» agentligi ma’lumotiga koʻra, dushanba kuni yuqori lavozimli amaldorlar oʻrtasidagi korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi boshligʻi prezidentning safarlarini taqiqlashni soʻrashga buyruq berganini ma’lum qildi. Oxir-oqibat Adliya vazirligi taqiq qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan Yun Sok Yol lavozimini saqlab qolgan – parlament impichment toʻgʻrisidagi qarorni qabul qila olmagandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun xalqdan uzr soʻragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek