Qozog‘istonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Zilzila episentri Toshkentdan 85 km janubiy-g‘arbda joylashgan

Toshkent vaqti bilan soat 08:24 da Qozog‘istonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Chuqurlik 15 km, zilzila episentri Toshkentdan 85 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Zilzila koordinatalari: 40,71 gradus shimoliy kenglik; 68,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,8.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekiston hududlarida sezilgani haqida xabar bergan edi.