«Toshkent» respublika fond birjasi 10-dekabrdan «OʻzElektroterm» AJning qimmatli qogʻozlari savdosini toʻxtatadi. Bu haqdagi ma’lumot savdo maydonchasi portalida e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, «OʻzElektroterm» MCHJga aylantirilishi munosabati bilan kompaniyaning oddiy va imtiyozli aksiyalari savdosi toʻxtatiladi.
Ma’lumot uchun, OʻzElektroterm 1994-yilning kuzida tashkil etilgan boʻlib, korxona poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy depozitariy aksiyalar bilan bitimlar uchun komissiyani oshirgani haqida yozgan edi.