Avto

Xiaomi Yu7 krossoverini taqdim etdi – foto

Foto: Xiaomi

Bugun, 9-dekabr kuni Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi avtomobili – Yu7 krossoverining rasmiy fotosuratlarini e’lon qildi. Bu haqda ithome xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, avtomobil SU7 sedani uslubida ishlab chiqarilgan, lekin yangi koʻrinishi Ferrari Purosanguega juda oʻxshab ketadi.

Foto: Xiaomi

Xitoyning oʻzida avtomobilning rasmiy tasvirlari bunchalik erta e’lon qilinishi kutilmagan edi, ammo bu Xitoyning Sanoat vazirligi tomonidan yangilikning jonli suratlari e’lon qilingani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Shuningdek, krossoverning xususiyatlar ma’lum qilindi. Shu bilan birga, xususiyatlar ma’lum boʻldi, ya’ni Xiaomi YU7 oʻlchamlari 4999 x 1996 x 1600 mm, gʻildirak bazasi – 3000 mm.ni tashkil qiladi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi YU7 Xitoy bozoriga 2025-yilning birinchi choragida chiqishi kerak. U SU7ʼdan biroz qimmatroq boʻlishi kutilmoqda. Elektromobilning taxminiy narxi $29,6 mingni (taxminan 381 mln so‘m) tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia kompaniyasi Tasman pikapining elektr versiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.