Yangi Zelandiyaning Oʻzbekistondagi elchisi tayinlandi
Mark Julian Treynor Yangi Zelandiyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yangi elchi va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qishloq xoʻjaligi, yashil moliyalashtirish va sanoatni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi. Vazir yangi elchini tayinlangani bilan tabriklab, tashqi ishlar vazirliklari ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli munosabatlar uchun harakatlantiruvchi kuchga aylanishi kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Mark Julian Treynor 2023–2024-yillarda Yangi Zelandiyaning Oʻzbekistondagi elchisi lavozimida ishlagan Sara Meri Uolsh oʻrniga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston va Yangi Zelandiya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 11-mart kuni oʻrnatilgan. 2019-yil 1-fevralda Oʻzbekiston Yangi Zelandiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartibni joriy qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Italiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi ish boshlagani haqida xabar bergan edi.