820 milliard soʻmlik bitimlar: Toshkent fond birjasining haftalik natijalari

eʼlon qilindi
29-noyabrdan 6-dekabr sanasigacha UCI fond indeksi 1,1 foizga pasaydi
Foto: Piqsels

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati ortda qolgan haftani pasayish bilan yakunladi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarish dinamikasini oʻrganib chiqdi.

29-noyabrdan 6-dekabr sanasigacha UCI fond indeksi 1,1 foizga pasaydi. Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda kompaniyalar aksiyalari katta oʻsishga erishmadi. Qisman oʻsishga erishgan aksiyalar qatoridan «Hamkorbank»ning imtiyozli aksiyalari (+5,98 foiz), «Aloqabank» (+2,17 foiz) va UzAuto Motors (+1,82 foiz) joy oldi.

Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari (-18,83 foiz), «Oʻzsanoatqurilishbank»ning (-12,19) va «Oʻzbekneftegaz»ning (-11,24) imtiyozli aksiyalarini ko‘rish mumkin.

Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan esa «OʻzRTXB» (1068 ta), «Aloqabank» (468 ta) va «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari (695 ta) oʻrin oldi.

23 ta yuqori likvidli aksiyalardan 8 tasi haftani yashil rangda yakunladi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 820,1 milliard soʻmlik 6,8 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Oʻzmetkombinat» aksiyalari 30 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek