Donald Tramp Meksika va Kanadaga AQShga qoʻshilishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, u import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik boj solinishidan ogohlantirdi
Foto: Anna Moneymaker / Getty Images

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika va Kanadaga subsidiyalar masalasi sabab AQSh tarkibiga kirishni taklif qildi. U bu haqda NBC News telekanalidagi dasturda ma’lum qildi.

Trampning soʻzlariga koʻra, agar ushbu davlatlar AQSh subsidiyalaridan foydalanishni davom ettirmoqchi boʻlsa, shtat maqomini qabul qilishlari lozim. Shuningdek, u migrantlar oqimi va giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi choralar koʻrilmasa, bu mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik boj solinishidan ogohlantirdi.

«Biz Kanadaga har yili $100 milliarddan ortiq, Meksikaga esa qariyb $300 milliard subsidiya beramiz. Bu qanchalik mantiqli? Nega biz ularga subsidiya toʻlashimiz kerak? Agar bu jarayon davom etishini xohlasalar, ular AQShning shtatlariga aylanishsin», – dedi Tramp.

Dekabr oyining boshida Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga mamlakatdan keltirilayotgan tovarlarga import bojini kiritish rejasini ma’lum qilgan edi. U noqonuniy migratsiya masalasini hal etish va savdo taqchilligini kamaytirish talablarini ham qoʻygan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Meksiya, Kanada va Xitoy mahsulotlariga boj toʻlovlarini oshirishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek