Respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Havo haroratining pasayishi va gaz iste’molining oshishi quvurlardagi bosimning pasayishiga olib kelmoqda.
Cheklovlar mahalliy hokimliklar rejasiga muvofiq joriy etilib, rasmiy axborot orqali ma’lum qilinadi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida «Avto24» ilovasi (Android va Ios) orqali yonilg‘i quyish, gaz to‘ldirish va elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Elektr yoki gaz ta’minoti bilan bog‘liq savollar uchun 1154, 1104 va 104 qisqa raqamlariga yoki tegishli Telegram botlariga murojaat qilish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan tabiiy gaz tariflari lokal qozonxonalar uchun pasaytirilishi haqida yozgan edi.