Google yangi kvant chipini taqdim etdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Tijorat uchun mo‘ljallangan versiyasi 2030-yilda taqdim etiladi
                    
                            
Google «Willow» deb nomlangan kvant chipini taqdim etdi. Bu haqda BBC axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu texnologiya besh daqiqada superkompyuter milliard yillar davomida hal qiladigan masalalarni yechishga qodir. Chip yirik kvant kompyuterlari yaratish yo‘lida katta yutuq sifatida baholanmoqda. Biroq tijorat uchun mo‘ljallangan versiyalari faqat 2030-yilda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Chrome mustaqil kompaniya sifatida ajralib chiqishi mumkinligi haqida yozgan edik.
