2025-yilda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash ustuvor yo‘nalish bo‘ladi

eʼlon qilindi
Oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat sanoatida erishilgan natijalar va 2025-yilgi rejalar bo‘yicha hisobotni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksportni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Masalan, qandolat mahsulotlari eksporti 4 barobar oshgan, ammo ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlarni yana 2 yilga uzaytirish taklif etildi.

Yog‘-moy sanoatida yangi korxonalar ochilib, eksportni rag‘batlantirish natijasida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish imkoniyati mavjud. Go‘sht mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish uchun saqlash standartlarini xalqaro talablar darajasiga moslashtirish rejalashtirilmoqda.

Tabiiy sharbat va alkogolsiz ichimliklar eksporti so‘nggi 5 yilda 9 barobar oshdi. Lekin tropik mevalar konsentratiga bojxona bojini bekor qilish raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.

Prezident oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. 2025-yilda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini nima kutayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek