Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jizzax viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyatida yashovchi uch nafar fuqaro qalbaki 998 million 740 ming soʻmlik kupyuralarni $27,2 ming evaziga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, ushbu shaxslar 200 ming, 100 ming va 20 ming soʻmlik kupyuralar koʻrinishidagi qalbaki banknotlarni purkagichli printer yordamida chop etgan.
Mazkur holat boʻyicha toʻplangan barcha ashyoviy dalillar tergov organlariga taqdim etilib, qonun doirasida chora koʻrilishi belgilandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.