Namanganda kontrafakt dori vositasini ishlab chiqarish toʻxtatildi

eʼlon qilindi
MChJga tegishli qonunchilik asosida bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanildi
Foto: Akreev / depositphotos.com

Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi «P.S» MChJ tomonidan «Adamed Pharma S.A.» kompaniyasiga tegishli «Biseptol/Бисептол» tovar belgisi bilan fonetik jihatdan oʻxshash «Бесетол» nomli kontrafakt dori vositasini ishlab chiqarish va savdoga taklif etish holati aniqlandi.

Adliya organlari tomonidan olib borilgan oʻrganish natijasida bu holat toʻxtatilib, «P.S» MChJga Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunchiligi asosida bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (37,5 mln soʻm) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Eslatib oʻtamiz, qonunga muvofiq tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish, shu jumladan, uni ishlab chiqarish yoki sotish, tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb hisoblanadi. Mazkur choralar kontrafakt mahsulotlarning oldini olish va iste’molchilarni himoya qilishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mashhur «Картошка» shokoladining kontrafakt nusxasi aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek