Oʻzbekiston Pokiston bilan JSTga a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi
eʼlon qilindi
Mamlakatlar protokolni imzoladi
Oʻzbekiston Pokiston bilan JSTga a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Pokistonning tashkilotdagi vakili Ali Sarfraz Husayn oʻzining LinkedIn sahifasida xabar berdi.
U muzokaralar yakunida tomonlar protokolni imzolaganini qoʻshimcha qildi. Husayn mazkur hujjat Oʻzbekistonni tashkilotga toʻlaqonli a’zo boʻlishga yanada yaqinlashtirishini ta’kidladi.
Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlish boʻyicha 20 dan ortiq davlatlar, jumladan, jahon iqtisodiyotining asosiy oʻyinchilari boʻlmish Xitoy va AQSh bilan muzokaralarni allaqachon yakunlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tailand Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini ma’qullagani haqida xabar qilgan edi.