O‘zbekistonlik Farzona Fazilova Osiyo chempioni bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        48 kg vazn toifasida
                    
                            
O‘zbekistonlik sportchi Farzona Fazilova Osiyo boks chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Fazilova final jangida vetnamlik Ling Chin Goni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Sportchini birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev tabrikladi.
Osiyo boks chempionati 28-noyabrdan 12-dekabrgacha Tailandda o‘tkazilmoqda. Dastlab musobaqa Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolovning professional boksdagi navbatdagi raqibi ma’lum boʻlgani haqida yozgan edik.
