Qibraydagi osh markazida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida ma’lumot berildi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻqligi aytildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi osh markazida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan FVV matbuot xizmati dastlabki ma’lumotni berdi.

Bugun, 10-dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, 16 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 05:10 da oʻrab olingan va soat 05:50 toʻliq oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻqligi, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Selxoz»dagi yongʻin yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek