Yangiliklar

UzAirways talabalar uchun 50 foizgacha chegirma e’lon qildi

2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar
Foto: UzAirways

Uzbekistan Airways oʻrta maxsus, kasb hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, chegirma davlat muassasasida oʻqishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachondan boshlanishi haqida xabar bergan edi.