UzAuto Motors toʻlovi kechiktirilgan Cobalt avtomobillarini qayta kontraktatsiyaga qoʻyadi
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari xaridi uchun avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan avtomobillarni qayta kontraktatsiyaga qoʻyilishini maʼlum qiladi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar onlayn tarzda 11-dekabr kuni soat 10:00 dan savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzilishi mumkin.
Shuningdek, Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.
Avvalroq UzAuto Motors shartnoma olingan Cobalt uchun toʻlov muddatini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.