Yangiliklar

AQSh dollarining kursi pasaydi

Uning narxi 12 865,66 so‘mni tashkil qildi
Foto: Precondo CA / Unsplash

11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollarining o‘rtacha kursi yana 8,36 so‘mga pasayib, 12 865,66 so‘mni tashkil qildi.

Banklar dollarni 12 805 – 12 830 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 875 – 12 935 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10-dekabr kuni AQSh valyutasi deyarli 13 so‘mga qimmatlashdi.