IIV radikal bloger Abu Validni qidiruvga berdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning ishtirokida videomateriallar tarqatganlik uchun jinoiy jazoga tortilish mumkin
Foto: Videodan skrinshot

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) internetda «Abu Valid» nomi bilan tanilgan Xudoyor Nuriddinovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, u provokatsion yoki taqiqlangan mazmundagi video materiallarni tarqatmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uni qidiruvga berdi va fuqarolarni uning ishtirokidagi videoyozuvlarni saqlash va tarqatish oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bunday harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Vesti» dasturining sobiq boshlovchisi Farida Kurbangaleyeva xalqaro qidiruvga berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek