Yangiliklar

Kredit sohasida firibgarliklarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

Shaxsning xabarisiz kreditlar ochilishiga qarshi chora sifatida
Foto: Pexels.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida kredit sohasidagi firibgarliklarni oldini olishga qaratilgan yangi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi jismoniy shaxslarning nomidan, ularning xabarisiz kreditlar ochilishiga qarshi samarali choralar ko‘rishni maqsad qiladi.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda fuqarolar kredit bitimlarini imzolashdan oldin, kredit byurosiga ariza berib, o‘zining kredit olishga ruxsat bermasligini belgilashlari mumkin bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, firibgarlik yo‘li bilan insonlarning nomiga noqonuniy kreditlar rasmiylashtirish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi kredit byurolari faoliyatini yanada tartibga solishga ham yo‘naltirilgan. Deputatlar, ushbu chora orqali fuqarolarning huquqlari himoya qilinishini, shuningdek, kredit sohasidagi firibgarliklarni kamaytirishni maqsad qilganligini ta’kidladilar.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi va keyingi jarayonlarda muhokama qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq banklarga reklama qonunchiligini buzganligi uchun jarima belgilangani haqida yozgan edik.