Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov lavozimidan ozod etilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank raisi Mamarizо Nurmuratovni o‘z lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taklif yubordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Nurmuratov 2017-yil yozidan buyon O‘zbekiston Markaziy bankini boshqarib kelmoqda. 2022-yilda parlamentning yuqori palatasi uni ikkinchi marta, besh yil muddatga saylagan edi.
Ma’lumot uchun, Mamarizо Nurmuratov 1960-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent xalq xo‘jaligi institutini va Leningrad iqtisodiyot va moliya institutini (hozirgi Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.
U 1993-yildan beri O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlamoqda. 2000 – 2004-yillarda u O‘zbekiston Moliya vaziri bo‘lgan, 2004 – 2006-yillarda esa Samarqand viloyatini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashgani haqida xabar bergan edik.