Yangiliklar

Oʻzbekistonda asosiy archa qayerda oʻrnatiladi

Asosiy archa 25-dekabrdan 10-yanvargacha har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻladi.
Foto: IA-Centr.ru

Oʻzbekistonda bosh archa Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonga oʻrnatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bosh archa 25-dekabrdan 10-yanvargacha har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻladi.

Bundan tashqari, ushbu kunlarda poytaxtning barcha tumanlarida bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Bayram archalari roʻyxati bilan Toshkent shahar hokimligining Telegram kanalida tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2023 – 2024-yillarda poytaxtdagi mamlakatning asosiy archasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona atrofida oʻrnatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi yilda jamoat transporti qanday ishlashi haqida yozgan edi.