«Balandlik» loyihasi rahbari Yevgeniy Malaxov «O‘zbekistonda faol va sport turizmi: holati, muammolari, istiqbollari» mavzuidagi davra suhbatida noqonuniy gidlarga qarshi kurashishni taklif qildi, deb xabar beradi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy gidlar va alpinistlar mamlakatimizning tog‘li hududlarida turizm xizmatlari uchun qora bozor yaratgan.
Malaxov noprofessionallar tomonidan tashkil etilgan noqonuniy turlar va toqqa chiqishlar sayyohlar uchun xavfli ekanini qayd etdi.
«Balandlik» loyihasi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, bolalar uchun tog‘ bo‘ylab sayohatlar tashkil etishga qaratilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi maktablarda sport turizmi seksiyalari ochilishi mumkinligi haqida yozgan edi.