
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 12 million yevroni tashkil qildi. U Transfermarkt platformasi ma’lumotlariga ko‘ra respublikasidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi.
Joriy yilning iyun oyidan oktabr oyigacha Husanovning narxi ikki barobarga oshgan. O‘shanda u besh million evroga baholangan.
Husanov 2004-yil 29-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Futbolchi «Lans»ga o‘tishdan oldin Belarus Respublikasining «Energetik» klubida to‘p surgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanov Angliyaning «Tottenxem» jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqida yozgan edi.