Oʻzbekistonga yil boshidan buyon qancha elektromobil import qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Pul ifodasida import hajmi $202,7 millionni tashkil etgan
Foto: Bloomberg

2024-yilning yanvar – oktabr oylarida Oʻzbekiston 20,2 ming dona elektromobil import qildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 ming donaga koʻp, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Agentlik ma’lumotlariga koʻra, pul ifodasida import hajmi $202,7 millionni tashkil etgan.

Elektromobillarning katta qismi Xitoydan import qilingan bo‘lib, ularning soni 20 ming donani tashkil etadi. Bundan tashqari, 51 ta elektromobil Qozog‘istondan, 17 tasi Gonkongdan, 14 tasi Germaniyadan olib kelingan. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari va AQShdan 10 tadan elektromobil olib kelingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning Neta elektromobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek