Rossiya bilan viza tartiblarini kuchaytirish zarur – Qodirov

eʼlon qilindi
Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi
Foto: Imtihonlar.uz

Siyosiy faol, «Milliy tiklanish» DP raisi Alisher Qodirovning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston Rossiya bilan viza tartiblarini kuchaytirish va relokantlarning sonini nazorat qilish kabi siyosiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi zarur. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Shuningdek, u O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaro o‘zbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni hurmat qilishini ta’kidlaydi.

«O‘zbekistonda yashaydigan hamma o‘zbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilishi va hurmat qilishi kerakligini biz ham shart deb hisoblaymiz va xorijga ish izlab borayotgan vatandoshlarimizni ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan ishini yaxshi bilishi zarurligini tan olamiz», – dedi u joylagan postida.

Qodirov hayotini sotib yuborib, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda mas’uliyatsiz hayot kechirishga rozi bo‘lgan fuqarolar ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlab, davlatning ushbu fuqarolarga yordam berishi zarurligini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov o‘qituvchilar o‘rtasida raqobat tizimini yaratishni taklif qilgan edi.

Shuningdek