Wildberries & Russ RWB brendining logotipini taqdim etdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bunda kompaniya nomlari saqlab qolinadi
Wildberries & Russ RWB brendining logotipini taqdim etdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bilan birga, Wildberries va Russ nomlari marketpleys va tashqi reklama operatori uchun foydalanishda qoladi. Endilikda RWB brendi bosh brendga aylanadi va birlashgan kompaniyaning yangi mahsulotlari uchun ishlatiladi.
RWB brendi yordamida kompaniya oʻz xizmatlarini avtomatlashtirish va shaxsiylashtirishni yaxshilashni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Wildberries xaridlarni istalgan yetkazib berish punktiga qaytarishga ruxsat berishi haqida xabar bergan edi.