YouTube’da avtomatik dublyaj funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda videoplatforma rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, hozircha u bir necha yuz mingta ta’limiy kanallar uchun mavjud.
Algoritm ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, portugal, italyan, hindi, indoneziya va yapon tillariga alternativa audio yo‘llarini yaratadi.
Platforma, shuningdek, yuqoridagi tillardan biriga ingliz tilida audio tarjimani ham yaratishi mumkin.
Yaratuvchilarga qo‘shimcha sozlamalarni yoqish zarurati yo‘q. Algoritm avtomatik tarzda ularning videosining tilini aniqlaydi va dublyajni yaratadi. Kanallar egalari nashrdan oldin ovozli tarjimani tinglab, agar ularni qoniqtirmasa, olib tashlashlari mumkin.
Xizmat jamoasi funksiyaning hozircha mukammal ishlamasligini ta’kidlamoqda. Dublyajda ba‘zan xatolar bo‘lishi mumkin. Biroq YouTube algoritmlar ustida Google DeepMind va Google Translate hamkasblari bilan ishlashni davom ettirishni va’da qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Youtube Shorts video uchun yangi funksiyani ishga tushirgan edi.