Endi uy-joy qurilishida «escrow» tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Tizimga ko‘ra, quruvchi majburiyatini bajarmasa, pul xaridorga qaytariladi
Foto: Pexels.com

Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishida aholi mablag‘larini kafolatlash tizimi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilda 100 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirilishi, kelgusi yilda esa 120 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilgan.

Ko‘p hollarda to‘lov tizimining tartibga solinmaganligi, raqamlashtirish va ochiqlikning yetishmasligi sababli, uy sotib olish uchun mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilmoqda. Yangi uylar uchun to‘lovlar ko‘pincha quruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladi, bu esa aholi pullarining xavfsizligini ta‘minlashni qiyinlashtiradi.

Taqdimotda xorijiy tajribaga asoslanib, «escrow» tizimi taklif qilindi. Ushbu tizimda, buyurtmachi va tijorat banki o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida qurilish inshootlari bo‘yicha hisobvaraq ochilib, mablag‘lar shu orqali amalga oshiriladi. Qurilish yakunlangandan so‘ng, mablag‘lar quruvchiga o‘tkaziladi. Agar quruvchi majburiyatini bajarmasa, pul xaridorga qaytariladi.

Prezident bu tizimni joriy etish va huquqiy asos yaratish uchun tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yengil sanoat tarmog‘iga $2 millarddan ortiq investitsiya jalb qilinishi haqida yozgan edik.

Shuningdek