Markaziy bank eski $100 banknotlari haqida izoh berdi

eʼlon qilindi
Banknota toʻlov vositasi maqomini o‘zgartirmagan
Foto: iStock.com

Markaziy bank mamlakatimizda eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarining savdo amaliyotlari muammosiz davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Bank, shuningdek, bu banknotlarning qonuniy toʻlov vositasi maqomini o‘zgartirmaganini ta’kidladi.

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma‘lumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarni tekshirishni tavsiya qiladi. Agar tijorat banklarida eski banknotlar bilan bogʻliq qiyinchiliklar yuzaga kelsa, aholi Markaziy bankning «Ishonch telefoni» (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq, chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi eslatib oʻtilgan. Markaziy bank vaziyatni doimiy kuzatib borishini ham ma’lum qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada eski namunadagi dollar kupyuralari muomaladan olib tashlanganining sababi haqida yozgan edik.

Shuningdek