Onkologik kasalliklarni davolashga oid reklama joylagan MCHJ jarimaga tortildi
«Marva Hayat» MCHJ onkologik kasalliklarni davolashga oid reklama joylashtirilgani va shu orqali noaniq ma’lumotlar tarqatgani uchun jarima tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan reklamalarda kompaniya mahsulotining onkologik kasalliklarni to‘xtatishi va 15 yildan buyon muvaffaqiyatli qo‘llanilishi haqida da’vo qilingan. Biroq, San-epidem qo‘mitasi tomonidan olib borilgan tekshiruvda «Halila» BFQ mahsuloti haqidagi ma’lumotlar reklamadagi xususiyatlar bilan mos kelmasligi aniqlandi.
Natijada, «Marva Hayat» MCHJga qonun buzilishi uchun moliyaviy jarima solindi va iste’molchiga yetkazilgan zarar qaytarilishi talab qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi tomonidan banklarga reklama qonunchiligini buzganligi uchun jarima belgilangan edi.