Oʻzbekiston eksportda xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish niyatida. Bu haqda Xitoyning Lookwe jurnali maʼlum qildi.
Joriy yil boshidan buyon 2,4 mingdan ortiq kompaniya xalqaro bozorlarga chiqib, $1 milliardlik mahsulot eksport qildi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tegishli farmonni imzoladi. Ushbu farmonga koʻra, banklarga eksportchilarga 300 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar ajratish huquqi berildi.
2023-yilda 235 nafar eksportyorga xalqaro talablarga moslashishda yordam koʻrsatildi. Ushbu maqsadlar uchun 39,3 milliard soʻm ajratildi, bu esa 575 ta xalqaro standart va sertifikatlarni, shu jumladan, ISO, Global GAP va boshqalarni joriy etish imkonini bergani taʼkidlandi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash deyarli toʻrt baravarga oshgani haqida yozgan edi.