Oʻzbekistonda kuryerlar maoshi 20 foizga oshdi
2024-yilda Oʻzbekistonda kuryerlar maoshi oʻrtacha 20 foizga oshib, 3 mln soʻmni tashkil etdi. Toshkent va Samarqandda esa bu koʻrsatkich 5 mln soʻmgacha yetishi mumkin. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga Head Hunter ma’lumot berdi.
Maoshlarning oshishiga mavsumiy faollik va ishchilar yetishmasligi. Oziq-ovqat va dorixona mahsulotlarini yetkazib berish bozorining kengayishi hamda elektron savdoning oʻsishi sabab boʻlmoqda. Shaxsiy transport vositasiga ega kuryerlar boshqalarga qaraganda 30–40 foizga koʻproq daromad oladi.
Mutaxassislar kuryerlik xizmatlari bozori Oʻzbekistonda har yili 10–15 foizga oʻsishini kutmoqda. Bu elektron savdo va shahar infratuzilmasining rivojlanishi bilan bogʻliq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Wolt yetkazib berish xizmati ishga tushgani haqida yozgan edi.