Yangiliklar

Oʻzbekiston maktablarida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlanadi

3-choragi 2025-yil 13-yanvardan boshlanadi
Foto: cherriesjd / Depositphotos.com

Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilar 29-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

«Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga oʻtkaziladi hamda oʻquv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan talaba va oʻquvchilar uchun qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilingani haqida xabar bergan edi.