Yangiliklar

O‘zbekistonda qurilish korxonalari soni 1,1 foizga ko‘paydi

54,1 mingtaga yetdi
Foto: unkas/Depositphotos

Joriy yilning dekabr oyi boshiga O‘zbekistonda qurilish korxonalari soni 54,1 mingtaga yetdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Yil davomida ularning soni 1,1 foizga, 2022-yilga nisbatan esa deyarli 11 foizga oshdi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida qurilishda o‘sish 9,4 foizni tashkil etib, so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yunusobod dehqon bozori o‘rnida yangi savdo markazi qurilishi haqida yozgan edi.