O‘zbekistonda sugʻurta bozori 18,6 foizga oʻsdi

eʼlon qilindi
2024-yilning toʻqqiz oyi yakunlariga koʻra
Foto: AndrewLozovyi/Depositphotos

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida sug‘urta mukofotlarining umumiy hajmi 7 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 18,6 foizga ko‘p, deb xabar beradi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA).

Umumiy ixtiyoriy sug‘urta xizmatlari mukofotlarning asosiy o‘sishini ta’minladi. Yil davomida ularning hajmi 23,1 foizga oshib, kompaniyalarga 6,4 trln so‘mni keltirdi. Hayotni sug‘urtalash 29,7 foizga tushib, 167 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Mukofotlar hajmining eng yuqori o‘sish sur’atlari mol-mulkni zarardan sug‘urtalash (+375 foiz), dengiz sug‘urtasi (+374 foiz), yong‘in va tabiiy ofatlardan sug‘urtalash (+164 foiz) ga to‘g‘ri keldi.

Yil davomida sug‘urta tashkilotlari soni 42 tadan 35 taga kamaydi. Ulardan 30 tasi umumiy sug‘urta, 5 tasi hayotni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Bunda 35 ta tashkilotdan 25 tasi to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kiradi.

Sug‘urta to‘lovlarining umumiy hajmi 18,8 foizga oshib, 1,6 trln so‘mni tashkil etdi. Umumiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar qariyb 50 foizga oshib, 1,5 trln so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlar 72 foizga – 98 mlrd so‘mga qisqardi.

Sug‘urta tashkilotlarining investitsiyalari 8 foizga oshdi. Investitsiyalarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini omonatlar tashkil etdi. Ularning hajmi 15,9 foizga oshdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ILMA Euroasia Insurance litsenziyasini to‘xtatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek