Qonunchilik palatasi Qatar bilan strategik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi
eʼlon qilindi
Bitim savdo va logistikani rivojlantirishga qaratilgan
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qatar bilan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni ma’qulladi, deb xabar qildi parlament matbuot xizmati.
Hujjat davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport va logistika aloqalarini kengaytirishni nazarda tutadi.
Bitim loyihasi muhokama uchun Oliy Majlis Senatiga yuborildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Qatarga 30 tonna meva-sabzavot yetkazib berishi haqida yozgan edi.