
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qatar bilan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni ma’qulladi, deb xabar qildi parlament matbuot xizmati.
Hujjat davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport va logistika aloqalarini kengaytirishni nazarda tutadi.
Bitim loyihasi muhokama uchun Oliy Majlis Senatiga yuborildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Qatarga 30 tonna meva-sabzavot yetkazib berishi haqida yozgan edi.