Yangiliklar

Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Muhandislik, geologiya, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari, irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalarida kadrlar tayyorlaydi
Foto: President.uz

Prezident «Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

Universitetning asosiy vazifalari qatorida muhandislik, geologiya, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari, irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalarida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘ladi.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog‘i oshiriladi, talabalar va professor-o‘qituvchilarning samaradorligi xalqaro standartlar asosida baholanadi, «yagona darcha» tamoyili asosida ta’lim xizmatlari markazi tashkil etiladi, iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda darslar o‘qitiladigan alohida guruhlar shakllantiriladi.

Shuningdek, Qarshi davlat texnika universiteti 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab boshqa OTMlarda tahsil olayotgan barcha talabalar uchun diplom berishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy davlat universiteti tashkil etilishi haqida yozgan edik.