Yandex kompaniyasi Oʻzbekistonda Yandex Market Go brendini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza topshirdi. Bu haqda Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portal xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kompaniya logotip va brendni roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalarni 12-dekabr kuni topshirgan. Hozircha arizalar koʻrib chiqish bosqichida.
Eslatib oʻtamiz, Yandex Market 2000-yil noyabr oyining oxirida tashkil etilgan boʻlib, platforma foydalanuvchilarga tovarlarni xarid qilish imkonini beradi. Yandex mahsulotlarni saqlash va yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Starbucks qahvaxonalar tarmogʻi Oʻzbekistonda savdo belgisini roʻyxatdan oʻtkazgani haqida yozgan edi.