Yangiliklar

Dollar rasmiy kursi 12 880 so‘mga yetdi

AQSh valyutasi deyarli 20 so‘mga qimmatlashdi
Foto: engin akyurt / Unsplash

13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollarining o‘rtacha kursi 19,91 so‘mga oshib, 12 880 so‘mni tashkil qildi.

Banklar AQSh valyutasini 12 800 – 12 820 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 865 – 12 920 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni respublikada dollar kursi 5,57 so‘mga pasaygan edi.