26-oktabr kuni taqdim qilingan Mazdaʼning yangi oʻrta oʻlchamli EZ-6 sedani noyabr oyida 2445 dona sotildi. Bu haqda Carnewschina xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu natijalar modelni yangi energiya manbalarida ishlaydigan oʻrta oʻlchamli sedanlar orasida eng yaxshi uchlikka olib chiqdi. Talabni qondirish uchun Nankindagi Changan Mazda zavodida ishlab chiqarish koʻpaytirildi.
Mazda EZ-6 Changan kompaniyasining EPA gibrid platformasida ishlab chiqarilgan va $19,2 mingdan 24,7 minggacha boʻlgan yetti variantda mavjud.
Elektromobil 218 ot kuchiga, shuningdek, dvigatel va 600 km.gacha yurish zaxirasiga ega. Shuningdek, avtomobilning gibrid variant 95 ot kuchiga ega benzinli dvigatel va 217 ot kuchiga ega tortish elektromotori taxminan 1200 km umumiy yurish zaxirasini ta’minlaydi.
Avtomobil ilgʻor tizimlar, jumladan, 4 megapikselli panoramali kameralar, 12 ta ultratovushli radarlar, avtomatik va masofadan toʻxtash joylari bilan jihozlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota yangi beshinchi avlod Urban Cruiser krossoverini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.