O‘zbekistonda issiqxonalar uchun gaz yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar joriy etildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Aholi o‘rtasida yoqilg‘iga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli
Foto: «Hududgazta’minot» AJ

Oʻzbekistondagi issiqxonalarga gaz yetkazib berish ikki barobarga qisqartirildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, cheklovlar keskin sovuq ob-havo va aholi oʻrtasida gazga boʻlgan talabning yuqoriligi bilan bogʻliq. Buning natijasida ta’minot quvurlaridagi bosim pasaygan.

«Qayd etish kerak, mazkur cheklovlar faqat havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qoʻllaniladi. Quvurlardagi gaz bosimlari barqarorlashganda cheklovlar bekor qilinishini ma’lum qilamiz», – deya ta’kidladi «Hududgazta’minot» matbuot xizmati.

Aniqlik kiritilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda issiqxonalarda yetarli miqdorda muqobil yoqilg‘i bo‘lishi shart.

O‘z navbatida, yetkazib beruvchi kompaniya issiqxona egalarini cheklovlar haqida 24 soat oldin ogohlantirish majburiyatini oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston turkman gazi importini oshirish niyatidaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek