Oʻzbekistonda yil boshidan buyon qaysi kompaniyalar eng koʻp soliq toʻlagan
Joriy yilning yanvar – noyabr oylarida 949 ta yirik soliq toʻlovchi 101 trln 632 mlrd soʻm soliq toʻladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shundan 54 trln soʻmi davlat ulushiga ega boʻlgan eng yirik 10 ta soliq toʻlovchi kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.
Bu mablagʻning deyarli yarmi NKMK’ga (24,8 trln soʻm) toʻgʻri keladi. Keyingi oʻrinlarni OKMK (7,9 trln soʻm), «Oʻzbekneftgaz» (3,8 trln soʻm) va «Hududgazta’minot» (3,4 trln soʻm) egallaydi.
7,8 trln soʻm xususiy sektordagi eng yirik 10 ta soliq toʻlovchi hissasiga toʻgʻri keladi.
Eng koʻp soliqlarni Uzbat (2,6 trln soʻm) toʻlagan. Shuningdek, top o‘ntalikka Tashkent tobacco, Enter Engineering, Kapitalbank va Hamkorbank, Unitel, Gid license plate, Coca-Cola, International beverages va Anglesey food kompaniyalari kirgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan soliq sohasida kelgusi yil 1-yanvardan boshlab nimalar oʻzgarishi haqida xabar bergan edi.